Bo’lajak yuristlar bilan ochiq muloqot









Sud tizimida malakali kadrlar zaxirasini yaratish bugungi kunning ustuvor vazifasidir. Xususan, sudyalik lavozimi uchun belgilangan 35 yoshlik mezonni inobatga olsak, kadrlarni talabalik davridanoq tizimga moslashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, Xorazm viloyat sudlari Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni yosh kadrlar sifatida tayyorlab bormoqda.
Ma’lumki, sud xodimi uchun bilim va ko‘nikmadan tashqari, yuksak muomala madaniyati, halollik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat eng asosiy fazilatlar hisoblanadi. Bu ko‘nikma va talablar esa 2024 yilda tashkil etilib, talabalarni kasbga tayyorlashning samarali mexanizmiga aylanayotgan «Bo‘lajak sud xodimlari» klubida o‘rgatilmoqda.
Universitetda tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda viloyat sudining kadrlar bo‘limi bosh konsultanti S.Salaev va malaka hay’ati kotibi R.Umarov hamda viloyat ma’muriy sudining devonxona mudiri B.Soloev va sudya katta yordamchisi O.Madraximovlar tomonidan talabalarga “Bo‘lajak sud xodimlari” klubining bugungi faoliyati va unga a’zo bo‘lish tartibi, sud tizimiga ishga kirishda xodimlarga qo‘yiladigan talablar to‘liq tushuntirildi.
Shuningdek, muloqotlarda jamiyatda dolzarb hisoblangan yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish masalalariga ham to‘xtalindi. Talabalar giyohvandlik, diniy ekstrimizm va korrupsiyaga oid jinoyatlar domiga tushib qolmasliglari tushuntirildi.






