O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengdir. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir.
Sud hujjatlarining majburiyligi
Sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.
Sud hokimiyatining mustaqilligi
Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
Elektron pochta manzil:
m.xorazm@sud.uz
Fuqarolar qabulxonasi:
(+998 62) 226-01-54
Manzil:
O`zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko`chasi 95-uy, 230200.
Interaktiv xizmatlar
Elektron sud xizmatlari
MY.SUD.UZ - sud xizmatlaridan foydalanishning innovasion, ishonchli va qulay yo‘li
Murojaat
Sudga to‘g‘ridan - to‘g‘ri elektron shaklda murojaat yo‘llash.
Elektron to‘lov tizimi
Barcha sudlarda fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan barcha to‘lovlarni to‘lashning yagona elektron tizimi.
Videokonferens aloqa
Masofadan turib sud majlisida ishtrok etish
Majlislar jadvali
Sud majlislari jadvali bilan tanishish – sudlarda ishlarni sud majlisida ko‘rib chiqishga tayinlangan sanasi va vaqti haqida onlayn tarzda xabardor bo‘lib borish imkonini beradi.
Davlat boji kalkulyatori
Bu xizmat turi sudlarga murojaat qilishda to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji miqdorini aniqlashda yaqindan yordam beradi.
Murojaat namunalari
Fuqarolar sudlarga murojaat qilishda hujjatlarning tayyor namunalaridan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyati
MY.SUD.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining interaktiv xizmatlari portali
Farg‘onada sudlar tomonidan o‘tgan yilda 6 nafar fuqaroga nisbatan tergov organi tomonidan qo‘yilgan nohaq ayblovlar bekor qilinib, ularning barchasiga birinchi instansiya sudlari oqlov hukmlarini chiqargan.
Shuningdek, ushbu davrda 719 nafar shaxsga nisbatan 470 ta jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov organi tomonidan qo‘yilgan ayblov o‘zgartirilib (modda to‘liq ayblovdan chiqarilgan, modda qismi yoki bandi chiqarilgan yoki boshqa moddaga malakalanib hukm chiqarilgan) hukm o‘qildi.
Bu ma’lumotni Farg‘ona viloyati sudi raisi Shuhrat Kamolov xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasidagi viloyatda sudlar tomonidan fuqarolar huquqlari va erkinliklari, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilish borasida 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2021 yilda ko‘riladigan chora-tadbirlar haqidagi axborotida aytib o‘tdi.
Odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida viloyat sudlari tomonidan 2020 yil davomida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, o‘tgan yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi va tuman (shahar) sudlari tomonidan jami 5 ming 282 nafar shaxsga nisbatan 4 ming 310 ta jinoyat ishi tamomlangan.
Tahlillar sudda ko‘rilgan mazkur shaxslarning 1 ming 78 nafari yoki 20,4 foizi muqaddam sudlangan shaxslar ekani, shuningdek, jinoyatlar asosan ichkilikbozlik, ishsizlik, oilaviy va qo‘shnilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqayotganligini ko‘rsatmoqda.
Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining 2020 yil 3 dekabrdagi hukmiga ko‘ra, A.Kojanova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 97-moddasining 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan Jinoyat Kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini olgan.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlar o‘rganilganida A.Kojanova muqaddam bir necha bor sudlanganligi, jinoyat sodir qilingan vaqtda vaqtincha ishsiz bo‘lgani, nikohi sud tomonidan bekor qilingan bo‘lib, 3 nafar farzandi borligi, Farg‘ona shahri, Yuksalish ko‘chasi, 84-uy, 5-xonadonda doimiy ro‘yxatda tursada, jinoyat sodir etilgan vaqtda Farg‘ona shahri, A.Yassaviy ko‘chasi, 40/B-ko‘p qavatli uy balkoni ostida yashab kelgani ma’lum bo‘ldi.
Bu esa, o‘z navbatida, ichki ishlar idoralari xodimlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari hamkorligida joylarda aholi o‘rtasida, xususan, muqaddam sudlanganlar bilan profilaktik tadbirlar yetarli darajada olib borilmayotganligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar tomonidan mazkur fuqaroning muammolariga yetarlicha e’tibor qaratilmaganligidan, uni ish va yashash joyi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmaganligidan dalolat beradi.
Farg‘onada o‘tgan yilning may oyida So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan ayblangan 22 nafar shaxs ustidan davom etayotgan sud jarayonida bugun barcha sudlanuvchilarning oxirgi so‘zi eshitildi.
Dastlabki tergov organi tomonidan ushbu shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) va 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayb e’lon qilinib, 9 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish va 13 nafariga uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ulardan bir nafari voyaga yetmagan shaxsdir.
2020 yil 31 may kuni O‘zbekiston Respublikasi So‘x tumani Chashma qishlog‘ining Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati Qadamjoy tumani Chechme ayili bilan chegaradosh hududida joylashgan “Chashma” bulog‘i bo‘yida Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo oqibatida ommaviy tartibsizliklar ro‘y bergan.
Ushbu nizoni bartaraf etish maqsadida So‘x tumani Chashma qishlog‘iga yetib borgan mahalliy hokimiyat vakillari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga tartibbuzarlar tomonidan faol qarshilik ko‘rsatilib, ularga turli darajada shikastlar yetkazilgan.
O‘tgan yilning noyabr oyidan buyon mazkur jinoyat ishini ko‘rish ishlari davom etayotgan bo‘lib, sud muhokamasi yakunlanmoqda.
Farg‘ona viloyat sudining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, “So‘x voqealari”ga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida olib borilib, ishni ko‘rishda 22 nafar sudlanuvchi, 36 nafar jabrlanuvchi va 21 nafar guvohlar so‘roq qilindi.